AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida ekanini aytdi, biroq saylov kampaniyasi boshlanmasidan oldin hali ko‘p ish qilish kerak. Bu haqda u “ABC” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Jurnalistning saylovda qatnashish yuzasidan aniqlashtirish uchun bergan qo‘shimcha savoliga Bayden “so‘zlarimga javob beraman”, deb ta’kidlagan.
80 yoshli demokrat Baydenning qayd etishicha, u o‘z yoshini saylovlarda ishtirok etish rejalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omil, deb hisoblamaydi. “Ammo odamlarda mening yoshimga shubha qilish uchun asos bor”, deb qo‘shimcha qildi prezident.
O‘zA