“Katta yettilik” (G7) mamlakatlari 2023 yilda Ukrainaga kamida 39 milliard dollar moliyaviy yordam ajratish niyatida, deyiladi payshanba kuni Bangalorda bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” mamlakatlari Moliya vazirlari va Markaziy bank rahbarlarining uchrashuvidan keyin qabul qilingan hujjatda.

“2023 yilda Ukraina hukumatining ehtiyojiga ko‘ra, biz byudjet va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatimizni 39 milliard dollargacha oshirdik”, – deyiladi hujjatda.

Payshanba kuni Bangalor shahrida “Katta yettilik” davlatlari Moliya vazirlari va Markaziy bank rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, juma kuni esa xuddi shunday uchrashuv “Katta yigirmatalik” (G20) formatida bo‘lib o‘tgan. Xabarda aytilishicha, G7 ishtirokchilarining Bangalorda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonoti e’lon qilishi kutilmoqda.