Qozog‘iston mudofaa vazirligi Ukrainadagi qurolli mojaroning o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilib, uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalari operatorlarini hamda artilleriya bo‘linmalari harbiylarini tayyorlashni faollashtiradi. Mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamolitdinov jurnalistlar bilan uchrashganda shu haqda gapirdi.
“Tabiiyki, barcha davlatlarning qurolli kuchlari harbiy harakatlarning borishini kuzatib, tahlil qilib bormoqda. Xulosalar chiqarilmoqda. Qurolli mojarolar bir-biriga o‘xshamaydi, har birining o‘ziga xos tomoni bor. Shu sababli biz biz ham tahlil qilamiz, kuzatamiz, tegishli xulosa chiqaramiz, o‘zimizning jangovar tayyorgarlik dasturimizga tuzatishlar kiritamiz”, – dedi u. Kamolitdinovning aytishicha, Qozog‘iston armiyasi uchuvchisiz o‘zi uchar apparatlarni boshqaradigan operatorlarni tayyorlashni jadallashtirgan. Chunki, “mazkur qurolli mojaro shuni ko‘rsatmoqdaki, dronlar razvedka maqsadlarida ham, zarba berishda ham faol qo‘llanilmoqda”, – deya izoh berdi u.
Vazir o‘rinbosari shuningdek, artilleriya qo‘shinlari ham zamonaviy urushda muhim rol o‘ynayotganiga e’tibor qaratdi. “Raketa qo‘shinlarining urushda artilleriyani qo‘llashi keng tus oldi, ayniqsa jangovar tayyorgarlikdagi tutgan o‘rni muhim bo‘lmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan u.