Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.