Turkiya va Suriyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlat Livan, Iordaniya, Isroil, Gruziya, Armaniston va Afg‘onistonda qayd etilgan yer qimirlashi odamlarni sarosimaga solib qo‘ydi. Ayniqsa, yurtimizdagi ko‘p qavatli binolarda yashovchi insonlarning xavotirlari ortdi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli bormi?

O‘zA muxbiri O‘zbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya institutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Vohidxon Ismoilov bilan qilgan suhbati davomida shu kabi savollarga javob oldi.

Institut haqida qisqacha ma’lumot: Ushbu institut asosan yurtimiz hududida seysmik xavfni baholash, zilzilani oldindan aytib berish kabi masalalarning ilmiy yechimlari bilan shug‘ullanadi.

— Turkiyadagi zilzilani mutaxassislar qanday baholashyapti?

—Hozirgi kunda Turkiyada sodir bo‘lgan yer qimirlashi Yer kurrasida bir yilda bir marotaba kuzatiladi. Yer qimirlashining kuchini baholash jihatidan Rossiya Fanlar akademiyasi magnitudasi 8, amerikalik mutaxassislar bu haqda 7,8 deb ma’lumot beryapti. Bunday ko‘rsatkichli zilzilalar Yer kurrasida juda katta fojea hisoblanadi.

O‘zbekiston hududida 1984 yilda eng kuchli Gazi zilzilasi sodir bo‘lgan. Uningmagnitudasi 7,4ni va yer yuzasidagi talafotlari bo‘yicha jadalligi 9 – 10 ballni tashkil etgan. Bu esa oxirgi 50 yilichidagi respublikamizdagi eng talafotlizilzila hisoblanadi.

— Shu kunlarda yurtimizda kuchli zilzila sodir bo‘lmasligiga kafolot bormi?

—Har hafta Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibidagi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi va Seysmologiya institutining mutaxassislari bilan hamkorlikda respublikamiz hududidagi seysmik holatni baholash komissiyasi ish olib boradi. Prognoz komissiyasi bergan ma’lumotlarga qaraganda mana shu haftada yurtimizda kuchli zilzilalar sodir bo‘lmaydi.

— Yer qimirlashi qanday prognoz qilinadi?

— Uch turdagi prognoz amalga oshiriladi. Uzoq muddatli prognoz 10 va undan ortiq yillardasodir bo‘lishi kuzatilayotgan,o‘rta muddatli bir yil davomida vaqisqa muddatli bir oy ichida bo‘ladigan zilzilalar. Bizda prognoz hay’ati asosan qisqa va o‘rta muddatlizilzilalarni prognoz qilish bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari uzoq muddatlar ichida sodir bo‘ladigan seysmik xavflarnibaholash ilmiy yo‘nalishlariham mavjud.

— Zilzilani keltirib chiqaradigan sabablar haqida to‘xtalsangiz?

— Yer qimirlashining sabablari yer qobig‘idagi tektonik yoriqlar bo‘yicha plitalarning harakatiga bog‘liq. Tektonik plitalarning yo‘nalish harakatlari har xil bo‘lgani sababli bir-biri bilan to‘qnashishi natijasida yer qa’rida kuchlanishlar vujudga keladi. Natijada qaysidir plitada kuchlanish ko‘payib ketsa, yer yorilishiga olib keladi. Yer yorilishidan paydo bo‘lgan qayishqoq to‘lqinlarzilzilani sodir qiladi.

— Ko‘p qavatli binolarning zilzilaga bardoshliligi nimalarga bog‘liq?

— Buning turlicha omillarga bog‘liq. Albatta, yuqori qavatli binolar seysmik ta’sirga kuchliroq quriladi. Masalan, Tokioda aksariyat binolar 60-70 qavatdan iborat. U yerda O‘zbekistondan ham kuchli zilzilalar bo‘lish ehtimoli bor. U yerdagi binolarseysmik ta’sirgajavob beradigan binolar hisoblanadi. Binolarni yer qimirlashiga bardosh berishi asosan seysmik mustahkam loyihalashtirilganiga bog‘liq. Agar qurilish puxta seysmik mustahkam bo‘lsa, bino har qanday zilzilaga bardosh beradi.

Toshkentda ham balandligi 253 metrdan iborat 52 qavatli bino qurilmoqda. U har tomonlama seysmik mustahkam qurilish me’yorlariga mos ravishda loyihalashtirilib qurilmoqda. Yurtimizda seysmik hududlarda qurilish me’yorlari 2019 yilda qaytadan ko‘rib chiqildi. Toshkentda qurilgan balandligi yuqori bo‘lgan binolarning har bittasi o‘ziga yarasha seysmik ma’lumotlar bilan ta’minlangan.

Hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika seysmoprognoztik monitoring markazi tomonidan doimiy kuzatuvlar olib borilmoqda. Har haftada prognoz ishlari olib borilyapti. Yurtimizda 60 ga yaqin seysmologik va 30 ga yaqin punktlarda magnit maydonlarning o‘zgarishini o‘rganuvchi stansiyalar hamda 20 dan ortiq yer osti suvlar tarkibini o‘zgarishni tadqiq qiluvchi punktlar mavjud. O‘sha ma’lumotlarga asoslangan holda o‘z qarashlarimizni berib boryapmiz.

— Zilzila sodir bo‘lgan paytlarda nimalarga e’tibor berish kerak?

— Eng avvalo, zilzilaga aktiv tayyorgarlik ko‘rish kerak. O‘zimizquradigan binolarning ham seysmikbardoshliligiga e’tiborberishimiz shart. Paxsa yoki guvala, xomg‘ishtlardan qurilgan binolarimizning tom qismlarini yengil qilish zarur.

Yer qimirlashi sodir bo‘lganida eng ko‘p odam uydagi jihozlar shkaf va qandillarning mustahkam o‘rnatilmagani natijasida zarar ko‘radi. Bunday vaziyatda ko‘chaga yugurib chiqmasdan iloji boricha stolning yoki taxtalarningtagiga kirib olish kerak. Imkon qadar uyning tom qismiqulashi mumkin bo‘lgan joylardan zinapoya yoki liftlardan qochish zarur.Yer qimirlashi sodir bo‘lganida eng ko‘p odam uydagi jihozlar shkaf va qandillarning mustahkam o‘rnatilmagani natijasida zarar ko‘radi. Bunday vaziyatda ko‘chaga yugurib chiqmasdan iloji boricha stolning yoki taxtalarningtagiga kirib olish kerak. Imkon qadar uyning tom qismiqulashi mumkin bo‘lgan joylardan zinapoya yoki liftlardan qochish zarur.

 

Nigora Rahmonova suhbatlashdi.

O‘zA