Anjumanni ochib bergan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Vladimir Norov o‘z so‘zida asosiy mavzu – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi natijalariga to‘xtalib, ikki davlat rahbarlarining bu galgi muzokaralari tarixiy ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng anjumanning asosiy tashabbuskori – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlament aloqalari qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva so‘zga chiqib, davra suxbati uchun tanlangan masalalar xususida qisqacha ma’lumot berdi.

Anjuman davom etmoqda.

G‘.Xonnazarov,

O.Pardayev,

O‘zA