Gibrid shaklda o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakuni muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan anjumanda Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik korpus vakillari hamda ikki davlat yetakchi “aql markazlari” ekspertlari ishtirok etmoqda.

O‘zA tadbir tafsilotini kuzatib boradi.

 

G‘ayrat Xonnazarov

O‘tkir Alimov