🔺 «O‘zbekicton havo yo‘llari» mart oyidan Milan va Parijga parvozlarni tiklashini ma’lum qildi.

🔺 «Roma»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Spetsiya» klubida davom ettiradi.

🔺 Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi.

🔺 Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔺 Shavkat Mirziyoyev Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bo‘ldi.

🔺 Kusherbayev Rasul Xidraliyevich O‘zbekiston tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

🔺 O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo Futbol konfederatsiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili bo‘ldi.

🔺 Toshkent SES xizmati aholini firibgarlar paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi.

🔺 Axsikent yodgorligidan Damashq qilichlari, Shaxristonning oltin darvozasi, tangalar va Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar topildi.