Turkiyada kecha sodir etilgan zilzilalar qurbonlari soni 2379 nafarga yetdi. 7840 kishi vayronalar ostidan qutqarib qolindi. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtoy ma’lum qildi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 12 fevral, yakshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab va xorijiy davlatlar vakolatxonalarida milliy bayroqlar yarmiga tushirilishi haqida farmoyish e’lon qildi.

Xabarlarda aytilishicha, zilzila oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonlari to‘xtatiladi.

Shuningdek, mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablarida 13 fevralgacha ta’til berildi.

Oqtoyning ta’kidlashicha, universitetlar va maktablarda bo‘shagan binolar jarbdiydalar uchun boshpana sifatida qo‘llaniladi.

 

O‘zA