Mamlakat Markaziy banki besh dollarlik banknota uchun antiqa dizayn ishlab chiqilishi, kupyuraga Buyuk Britaniya monarxi Karl III emas, marhum qirolicha Yelizaveta II surati tushirilishini ma’lum qildi.

“Financial Times” gazetasi yozishicha, bu qaror Britaniya qirolichasi o‘limini mamlakat siyosiy tizimida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishning burilish nuqtasi, deb hisoblayotgan respublikachilar chaqirig‘idan so‘ng qabul qilindi. Karl III Avstraliyaning rasmiy rahbari bo‘lib qolaveradi va general-gubernatorni davlatning toj vakili etib tayinlaydi. Faqat bu vakolat ko‘p hollarda tantanalar uchungina, xolos.

Yangi besh dollarlik banknota avstraliyaliklarning ilk madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan shaklda namoyon bo‘ladi. Pulning orqa tomonida mamlakat parlamenti tasvirlanadi. G‘oyani amalga oshirish, ya’ni dizayn yaratish va pulni bosib chiqarish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

O‘zA