Bugun Buxoro viloyati sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi. Sud yakunlari brifingda ma’lum qilinadi.

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA