AQSH ma’muriyati amerikalik kompaniyalarga Xitoyning telekommunikatsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi, endi ushbu taqiqni qonunlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar tarqatdi Financial Times gazetasi.

5G mobil aloqa tarmoqlarini joriy qilayotgan kashshof kompaniyalardan biri hisoblanayotgan Huaweiga nisbatan munosabatlarning salbiy tomonga o‘zgarishi Donald Tramp Prezidentligida boshlangan edi. O‘shanda Huawei mahsulotlari faqat hukumat ruxsati bilan yetkazib berilishi mumkin bo‘lib qolgandi.

Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, Prezident Jo Bayden ma’muriyatidagi bir qator mulozimlar Xitoy armiyasi bilan aloqadorlikda gumon qilingan barcha xitoylik kompaniyalarning mahsulotlari savdosini to‘xtatish lozimligini talab qilishmoqda.