Uning qisqa metrajli «Kasseta» filmi oltita nominatsiyadan birida g‘olib bo‘ldi. Tanlovda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan jami 374 ta kinofilm g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Emir Kusturitsa mukofotni shaxsan o‘zi topshirdi va Timur Murodovga o‘zining kino maktabi doirasida hamkorlik qilishni taklif qildi.

Film “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining “ Kino 5 kunda” tanlovi doirasida yaratilganligini ta’kidlash joiz. Kartina muallifi xalqaro hakamlar hayati raisi  Kshishtof Zanussi qo‘lidan Gran-pri  va 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini oldi.  Keyinroq mazkur kartina BDKI 42-xalqaro talabalar festivalida ham g‘olib bo‘ldi.

Bunga qadar mashhur Drvengrad etnoqishlog‘ida “Kasseta” filmining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi. Kusturitsa qishloqning yagona doimiy aholisi bo‘lib, suratga olish va gastrol safarlaridan tashqari bo‘sh vaqtlarini aynan shu yerda o‘tkazadi.

2000-yillar boshlarida Emir Kusturitsa “Hayot mo‘jiza kabi” (2004) nomli filmni suratga olishga qaror qildi, buning natijasida Drvengrad etnoqishlog‘i butun olamga tanildi.  Bu qishloq yana “Mechavnik” ham,  “Kustendorf” deb ham ataladi.  Bu nomlarni Emir Kusturitsaning o‘zi o‘ylab topgan, chunki, shaharcha daraxtdan qurilgan.

Talabamiz taklif etilgan «Kustendorf» nomi bu yerda har yili o‘tkaziladigan kino festivaliga tegishli.

O‘zA