FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkida “InDi Models” modalar maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Maktabning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda mashhur dizaynerlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari, o‘quvchi hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda yosh va mahoratli dizayner 2022 yil Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida o‘tkazilgan “Dubai International Fashion Week” xalqaro modalar ko‘rgazmasi ishtirokchisi Indira Jumaboyevaning yangi zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi, konsert dasturlari namoyishi va ishtirokchilar bilan qiziqarli viktorina o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur modalar maktabini tashkil qilishdan maqsad dizaynerlik va modellik sohasiga qiziquvchi yoshlarga qisqa muddatli o‘quv-kurslari orqali soha sirlarini yaqindan o‘rgatish. Shuningdek, muassasa Qoraqalpog‘iston Respublikasida dizaynerlik va modalar ko‘rgazmalarining rivojlanishiga xizmat qiladi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA