bugungi kunda “Agrobank” ATBning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, “halollik vaksinasi”ni joriy qilish yuzasidan bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bu boradagi maqsadli sa’y-harakatlar natijasida bank Bosh ofisi hamda mijozlar bilan faoliyat olib boruvchi Toshkent shahar filialiga “CERT International” xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari taqdim etildi.

Mazkur xalqaro sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi hozirgi transformatsiya jarayonida xorijiy investorlarni jalb etish, moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatish va bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA  

Reklama huquqi asosida