Yangi – 2023 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan, olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning samaradorligi qayd etilgan.

O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga yangi muvaffaqiyatlar va farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol;

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Rishi Sunak;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella;

Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;

Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yokub;

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Rashid;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Yangi Zelandiya General-gubernatori Sindi Kiro;

San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Mariya Luiza Berti va Manuel Chavatta;

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o‘rinbosari Van Sishan;

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Iqtisodiy taraqqiyot tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Yens Stoltenberg;

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.