O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalario‘rin olgan.

Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.