Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev tunda vazirlik Shtab a’zolari bilan birgalikda poytaxtimizdagi qator tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Eng avvalo, har bir bemor nazoratda ekanini o‘zimiz his qilishimiz kerak. Sovuq biz uchun dushman emas. Bunga tayyorgarligimiz bor, shayligimiz bor”, dedi vazir.

O‘zA