Ayrim sabablarga ko‘ra, ilgari fuqarolar o‘z ish stajlarini tasdiqlash orqali pensiyaga chiqishda murakkabliklarga duch kelar edi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Prezidentining  qarori bilan bu muammoga barham berilgan bo‘lib, mehnat daftarchasini yo‘qotgan fuqarolar faqat birgina hujjat orqali o‘z ish stajini tasdiqlashlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan  matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 

Mohichehra  Eshmirzayeva, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA