Sudyalar oliy kengashining majlisida sudyalarni, sud raislarini lavozimga tayinlash va ayrimlarini lavozimdan ozod etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Salomov Farrux Zokirovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Bozorov Muzaffar Mahmudjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga, Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tumani sudining raisi lavozimiga;

Abduxoliqov G‘alim Yesenovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga, Navoiy viloyati Navoiy tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimiga;

Shamsiyev Olimjon Orifovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Temirov Otabek Mamaraimovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Mamadaliyev Ulugbek Balkibayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Bo‘riyev Aliakbar Mustafaqul o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Zoirov Nurmurod Tuymurodovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati Qorako‘l tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

Mamaraximov Asqar Maxammadovich – sudyalik vakolati muddati davriga, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tumani sudining raisi lavozimiga;

Bobonov Zafar Quvondiqovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tumani sudining raisi lavozimiga;

Saidov Abror Jumaqulovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Qaysi sudyalarning ish joyi o‘zgardi?

Sudyaning vakolati muddati davriga qayta tayinlanishi – uning ish joyi o‘zgarishini anglatadi. Bu jarayon muqobillik asosida o‘tdi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Alimov Baxtiyor Abdimo‘minovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Haydarov Jamshid Rahimboyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga, Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Qosimov Timur Abdulazizovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Matkarimov Hotamjon Quronbayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Mamadiyev O‘ktam Almirzayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Xidirov Fazliddin Xudoyberdiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Sudyalar hamjamiyati yana uch nafarga ko‘paydi  

Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining uch nafar bitiruvchisini ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Qurbonov Xurshid Rashidovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga (tayinlovgacha Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudya yordamchisi lavozimida ishlagan);

Bozorov Azizbek Mahmudovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga (tayinlovgacha Toshkent shahar ma’muriy sudining sudya katta yordamchisi lavozimida ishlagan);

Maxsudova Munisa Zarifovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga (tayinlovgacha Toshkent viloyat sudining sudya katta yordamchisi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

O‘zA