O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan 153 nafar yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar ishtirok etdi.

Shunga ko‘ra, Respublika bosqichi g‘oliblari besh nominatsiya bo‘yicha, jumladan, “Besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg‘or texnologiyalari”,  “Yoshlar o‘rtasida IT texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari”, “Xorijiy tillarni o‘zlashtirishning zamonaviy usullari”, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari” hamda “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari” kabi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti berildi. Xususan, 1-o‘rin 30 million, 2-o‘rin 20 million va 3-o‘rin 10 million so‘m pul mukofotlari va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA