Bugun “Central Palace hotel” mehmonxonasining majlislar zalida Respublika Oliy sudi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Ist-Vest menejment instituti (East-West Management Institute)ning O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” dasturi doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq sud jarayonlarini yoritishda jurnalistlar malakasini oshirish” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida seminar – trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda malakali va tajribali mutaxassislar tomonidan gender zo‘ravonligiga qarshi kurashda odil sudlovga erishishning huquqiy mezonlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda gender zo‘ravonligi masalalarini yoritish amaliyotining tahlili, «nafrat tili» tushunchasi, milliy qonunchilikdagi zo‘ravonlik tushunchasi va qonunni qo‘llashda vujudga keladigan muammolar yuzasidan keng ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda zo‘ravonlikka qarshi samarali kurashishning omillari, gender zo‘ravonligi masalalari bo‘yicha odil sudlovga erishishda OAV va jurnalistlar imkoniyatlari, gender zo‘ravonligini yoritishning axloqiy jihatlari, media makonda mavjud bo‘lgan gender qoliplarini bartaraf etish yo‘llari kabi mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA