Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy viloyati hokimligiga nomzod maktab va bog‘chalar barpo etish, aholini uy-joy, ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslarini aytdi.

Ulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

– kelgusi yilga uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so‘m va 50 ta yangi bog‘chaga 5,5 milliard so‘m subsidiya ajratish;

– Uchquduqdagi issiqlik tizimini yangilashga 51 milliard so‘m ajratish, G‘ozg‘on va Navoiyda 2 ta elektr podstansiyasi qurishga 143 milliard so‘m yo‘naltirish;

– 11 ta maktabga qo‘shimcha bino, 33 ta maktabga sport zali qurish loyihasini kelgusi yil davlat dasturiga kiritish;

– kelgusi yil Uchquduqda 78 kilometr suv tarmog‘i qurish loyihasiga 100 million dollar jalb qilish;

– kelgusi yilda Karmanadagi Bog‘ishamol va Yangihayot mahallasidagi temir yo‘l ustidan yo‘l o‘tkazgich qurish;

– Islom taraqqiyot bankining Karmana, Qiziltepa va Navbahordagi 34 ta qishloqni rivojlantirish loyihasi doirasida 54 million dollar jalb qilish;

– bir oy muddatda Zarafshon shahrini kengaytirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini kiritish, bunda 30 ming aholiga infratuzilmaga ega bo‘lgan Sanoatchilar shaharchasini hamda markaziy poliklinika qurishni nazarda tutish topshirildi.

O‘zA