Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni 2 baravarga oshirib, 100 ming nafar aholini band qilish zarurligi ta’kidlandi.

Nomzod o‘z taqdimotida bu boradagi rejalarini ko‘rsatdi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

– kelgusi yilda Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Nurotadagi 72 ta mahalla atrofidagi 5 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilab, uzumzor va mevali bog‘lar barpo etishga 4 million dollar yo‘naltirish;

– kelgusi yilda Konimex, Tomdi va Uchquduq yaylovlarida quduq qazishga 10 milliard so‘m subsidiya ajratish;

– 1,5 ming gektarda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi xo‘jaligi hamda 5 ming gektarda kavrak plantatsiyalarini barpo etish;

– dala va yo‘l chetlarida 6 million dona tut ko‘chatini ekish va ipakchilikda 58 ming aholi bandligini ta’minlash;

– kelgusi yilda qorako‘lchilik va qo‘ychilik loyihalariga 20 million dollar ajratish;

– kelgusi yilda 10 million dollar investitsiya hisobidan Karmana va Xatirchida agrologistika markazlarini ishga tushirish;

– 500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini ta’minlash dasturini qabul qilish;

– dastur doirasida loyihalarga 15 million dollar hamda quduq qazishga qo‘shimcha 20 milliard so‘m subsidiya ajratishga topshiriq berdi.

 

O‘zA