O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Ostona sammitiga bag‘ishlangan konsertni tomosha qildi.

Tadbir avvalida yetakchilar samimiy muloqot qildilar.

«Ostona opera» teatrida bo‘lib o‘tgan konsertda qozoq milliy kuy-qo‘shiqlari, klassik simfoniyalar, opera va baletdan namunalar ijro etildi. Ularda ezgulik, do‘stlik, tinchlik kabi umumbashariy qadriyatlar o‘z ifodasini topdi.