Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:

– undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla byudjetida qoladi;

– har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;

– kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.

O‘zA