FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Yoshlar daftari – imkoniyatlar daftari” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda “Nukus shahar tajribasi” asosida shahar va tumanlardagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 675 nafar talabaning shartnoma pullari to‘lab berildi.

Tadbirda ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari A.Daniyarov va Yoshlar ishlari agentligi Qorakalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi rahbari P.Maxsetbayev agentlikning shahar va tuman bo‘limi boshliqlariga talabalar shartnoma pullarining to‘lab berilgani to‘g‘risida maxsus vaucherlarni topshirdi.

Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyat va imtiyozlar uchun talaba-yoshlar o‘z minnatdorligini bildirdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ashula va raqs ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA