Toshkent tibbiyot akademiyasi va Germaniyaning yetakchi tibbiyot klinikasi o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A. Shodmonov, Frayburg va Mennxaym klinikalari vakillari, jumladan, “OPASCA GmbH” kompaniyasi bosh direktori Aleksey Sverdlov, Mannxaym shahri universiteti klinikasi moliya masalalari bo‘yicha bosh direktori Freddi Bergmann, Frayburg shahri universiteti kasalxonasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori va kardiologi Kristof A bilan hamkorlik kelishuviga erishildi.

Unga ko‘ra, endilikda talabalar almashinuvi doirasida mobil dasturlar, maxsus tibbiy adabiyot va o‘quv qo‘llanmalari yetkazib berishda Germaniyadagi yetakchi tibbiyot klinikasi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘rtasida aloqalar mustahkamlanadi.

Tibbiy xizmat sifatini jahon andozalari darajasiga olib chiqishdagi sa’y-harakatlar aniq, manzilli rejalar asosida mutaxassislar Germaniya tibbiyoti tajribasini Frayburg klinikasida o‘tab qaytishadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA