5-6 oktyabr kunlari Samarqandda O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash masalalariga bag‘ishlangan restavratorlar seminari bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, seminar xalqimizning boy tarixini aks ettiruvchi noyob madaniy merosimizni asrab-avaylash, ushbu sohani raqamlashtirish, innovatsion jihatdan rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirda restavratorlar ushbu soha bo‘yicha dunyo tajribasidan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqadi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, seminarda mamlakatimizdagi barcha restavratorlar ishtirok etadi.

 

Roman BONDARCHUK, O‘zA