Yaqinda Turkiyaning Bursa shahrida Turk til qurumi, Turk davlatlari kengashi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Otaturk nomidagi madaniyat, tarix va til yuksak qurumi tomonidan o‘tkazilgan “Tilda, fikrda, ishda birlik – turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Ular orasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton ham borligi quvonarlidir. O‘zbekistonlik adibga “Bilga xoqon” romani g‘oliblik keltirdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi bir guruh ijodkorlar adibni muvafaqqiyat bilan qutladi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, yozuvchilar Bahodir Qobul, Risolat Haydarova, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori so‘zga chiqib, adibning insoniylik va ijodiy jihatlari haqida iliq fikrlar bildirdi. Ezgu tilaklar izhor qilindi.

Zulayho Ahmadjonova