FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida “Artist” teleloyihasi ijodkorlarining “Yangi O‘zbekiston iste’dodlari” nomli konsert dasturi o‘tkazildi.

Tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2022 yilda “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Konsert dasturida “Artist” teleloyihasining ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan Malika Hakimova, Mamanbiy Jumaboyev, Muhammadali Jo‘rayev, Elyorbek Meliboyev singari yosh iste’dod egalari o‘zining zamonaviy qo‘shiqlarini yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etdi. Shuningdek, qiziqarli viktorina o‘yinlari o‘tkazilib, unda faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA