FOTOREPORTAJ

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, sektorlar va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala – Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi birinchi o‘rinbosari N.Yerlepesovning bayonati tinglandi.

Ushbu masala yuzasidan tuman xokimlari axborot berdi.

Ta’kidlash joiz, o‘tgan qisqa davr mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha jami 2 farmon va 14 qaror qabul qilindi.

Qabul qilingan farmon va qarorlar respublika hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, xalqning turmush darajasini yaxshilashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga, tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga mustahkam asos bo‘lmoqda.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sektor rahbarlarining ma’lumotlari tinglandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ayrim qo‘mitalarining tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.

Maqsad HABIBULLAEV olgan surat), O‘zA