Diyorimizda oltin kuz fasli. Azal–azaldan ushbu davr pishiqchilik, mo‘l hosilni yig‘ish va sarflangan mehnat samarasini ko‘rish mavsumi hisoblanadi.

Ushbu faslda rizqu- ro‘zimiz va oq oltinimiz bo‘lgan paxtani terish ishlariga kirishiladi. Yil bo‘yi fermer va dehqonlarning tinimsiz mehnatlaridan yetilgan hosilni yig‘ishtiradigan payt keldi. «Hashar elga yarashar» deganlaridek, har birimiz dalalardagi hosilni nes – nobud qilmasdan yig‘ish ishlarida munosib hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Dehqonning barakali kasbi tufayli xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘ladi. Jannatmakon diyorimizning mehnatkash bobodehqonlari, mirishkor bog‘bonlari, serg‘ayrat fermerlarimiz va qishloqlarimizdagi tinim bilmas barcha mehnatkashlar yig‘im – terim mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rishdi.  Bunda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

2022 yilda qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining avgust oyi boshidagi ma’lumotlariga qo‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 10 mln 25 so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 15 mln 120 ming so‘mni tashkil etadi.

Fermerlar kengashi tizimi xodimlari tomonidan joriy yil paxta terimiga uyushmagan aholidan 1 mln 274 ming 736 nafar terimchilarni jalb etishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 18 yoshga to‘lmagan yoshlarni terim dalalariga chiqmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

2022 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom-ashyosini nes-nobud qilmasdan yig‘ib terib olishda hamda paxta qabul qilish maskanlariga paxtaning sifati, namligi va boshqa talablari asosida qabul qilinishini nazorat qilish bo‘yicha Respublikamizning barcha tumanlarida arbitraj guruhlariga buxgalteriya markazi xodimlaridan har bir punktga 2 nafardan jami 297 nafar xodim jalb etildi.

Paxta yig‘im-terimi mavsumida fermer xo‘jaliklari tomonidan 140 ga yaqin murojaatlar kelib tushganligi va ushbu murojaatlar hududiy kengashlarning yuristlari va xodimlari tomonidan o‘rganilib, mavjud muammolar joyida o‘z yechimini topish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Paxta terimchilarga yaratilgan sharoitlari va paxtaning terim sifatini nazorat qilish bo‘yicha hududlarda fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘rsatmalar berib kelmoqda.

Otryad sifatida shakllantirilgan 29 ming 459 ta fermer xo‘jaliklari va 134 ta klaster korxonalari rahbarlari tomonidan terim mavsumining oxiriga qadar ish tashkil qilish, terimchilarga shart-sharoitlar yaratish va yetishtirilgan hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yig‘ib-terib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilishida ishtirok etib kelmoqda.

Terim mavsumida hududiy kengashlar tomonidan fermer xo‘jaliklari dalalarida paxtani yaxshi tergan ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish orqali terim unumdorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Qorqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kengash raislari tumanlariga paxta terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun mas’ul etib biriktirilgan, masalan (Andijon viloyati kengashi raisi Bo‘ston tumaniga, Jizzax viloyati kengashi raisi Paxtakor tumaniga, Xorazm viloyati kengash raisi Yangibozor, Bog‘ot tumanlariga, Namangan viloyat kengashi raisi Yangiqo‘rg‘on va Pop tumanlariga paxta terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazishni tashkil etish uchun biriktirilgan).

Har bir hududda buxgalteriya hisobi va xisobotini yuriitish markazi xodimlari tomonidan fermer xo‘jaliklari va terimchilarning har 5 kunda paxta pullarini to‘lab berilishida ishtirok etib fermer xo‘jaliklari rahbarlariga amaliy ko‘mak birib kelinmoqda.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi
mutaxassisi M.Turdiyev