Yurtimizda paxta yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani dehqonlari ham yetishtirilgan hosilni yog‘in-sochinli kunga qoldirmasdan, sifatli yig‘ib olishda tinmay mehnat qilmoqda.

Terimchilarga “hormang” deyish maqsadida  O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Kazbek Artikov tumandagi “Xo‘jayli Mahliyo” hamda “Baxiyev O‘tkirboy” fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, paxta terish jarayoni, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

– Joriy yilda 30 gektar yerga paxta ekilgan bo‘lib, bugungi kunda rejamiz 60 foizdan oshdi, – deydi “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Baxiyev O‘tkirboy” fermer xo‘jaligi rahbari O‘.Baxiyev. –Terimchilar uchun barcha sharoit yaratilgan bo‘lib, har kuni issiq ovqat va kunlik terim pullari bilan ta’minlanmoqda.

Fermerlar tomonidan yetishtirgan hosilni yig‘ib-terib olishda o‘z hissalarini qo‘shayotgan ilg‘or terimchilarga partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA