Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilagan videoselektor yig‘ilishida turagentlarga litsenziya talabini bekor qilib, xabardor qilish tartibiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.

O‘zA