Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, “Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” yo‘nalishlarida avtomobilda yo‘lovchi tashish vaqti o‘rtacha 1-1,5 soatga ko‘paydi.

Lekin, temir yo‘l va aviaqatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois tegishli mutasaddilarga:

– vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;

– viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish;

–kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;

– viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

0shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda yangi o‘quv dasturlari asosida o‘qitishni boshlash;

– “Ipak yo‘li” turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o‘qitish topshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi H.Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

O‘zA