Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida qatnashish uchun 15 sentyabr kuni Samarqand shahriga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Sammitda Hindiston delegatsiyasi hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamalarda qatnashadi.

A.MUSAEV, O‘zA