Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va qardosh Ozarbayjon xalqiga Boku shahrida ro‘y bergan yong‘in natijasida ko‘plab odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.