Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 15-16 sentyabr kunlari SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sammitda Qirg‘iziston delegatsiyasi SHHTga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamada qatnashadi.

A.MUSAEV, O‘zA