Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Eron Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Ikki mamlakat yetakchilari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Eron davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tib, harbiy xizmatchilarni qutladilar. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari qatnashdi.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi.