Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Mazkur davlat SHHT huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Sammitda SHHT faoliyatini takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar hamkorligi hamda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa mavzulardagi masalalar muhokama qilinadi.

A.MUSAEV, 
O‘zA