ANONS

Tarixda shunday shaxslar bo‘lganki, ularning harakati butun boshli millat taqdirini o‘zgartirib yuborgan. Shunday insonlardan biri 13 yil O‘zbekiston SSRni boshqargan, uch marta o‘limga hukm qilingan Fayzullo Xo‘jayev edi.

O‘zA ana shunday shaxsning jiyani Temur Xo‘jayev bilan suhbat uyushtirdi.

Temur Xo‘ja turkolog olim, AQSH davlat Michegan universiteti professori. Shuningdek, suhbatdoshimiz Stalin qatag‘onidan omon qolgan kam sonli o‘zbek jadidchilik harakati yetakchisi Usmon Xo‘janing farzandi.

Suhbatda Usmon Xo‘janing xalqaro siyosatda amalga oshirgan kelgusi ishlari, Xo‘jayevlar sulolasining boyliklari taqdiri, otasining Pokiston yo‘lida yo‘qolgan 10 ming kitobi va boshqa muhim tarixiy ma’lumotlar bilan tanishasiz.

O‘zA