AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2022 yilning 1 yarim yilligida mehnat munosabatlariga oid jami 11 ming 600 dan ortiq murojaat kelib tushgani qayd etildi. Shundan 6 ming 551 tasi qanoatlantirilgan, 4 546 tasiga tushuntirish berilgan.

Shuningdek, anjumanda yarim yilda 14 066 ta tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilgan va mehnat sohasiga oid 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada 5 935 nafar mansabdor shaxsga 12 mlrd 57 mln.dan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Sud organlariga 1000dan ortiq da’vo ariza kiritilib, 5 mlrd.dan ortiq oylik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-yarmida mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 milliard so‘mdan ortiq jarimaga tortilgan.

Sh.Mamaturopova, O‘zA