Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Profilaktika ishlari munosabati bilan 18-avgust kuni Respublika miqyosida va 19-25-avgust kunlari navbat bilan viloyatlarda soat 01:00 dan 10:00 gacha telekanallarni tarqatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Profilaktika ishlari oʻtkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi, deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabarida.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraladi.

OʻzA