“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2022 yil 1 sentyabrdan 4 sentyabrgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma e’lon qildi.

“O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAKning ma’lum qilishicha, aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

O‘zA