1956 yil 11 avgustda Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni ochildi.

2017 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2017 yil 11 avgustda atoqli tibbiyotchi va pedagog olim akademik Yolqin To‘raqulov tavalludiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan olimning biologiya, tibbiyot va pedagogika sohalaridagi ilmiy merosining ahamiyatini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi “Akademik Yolqin Xolmatovich To‘raqulov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Yolqin To‘raqulov o‘zbek biokimyogarlari va endokrinologlari maktabi asoschisi, mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tizimini yaratishga, fan taraqqiyotini yo‘lga qo‘yishda, xususan dunyo fanida qalqonsimon bez faoliyatini, tireoid gormonlar biokimyosi va uning ta’sir mexanizmlarini ochib berishga ulkan hissa qo‘shgan. U “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlangan.

2020 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

O‘zA