Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yil iyun va iyul oylari oralig‘ida 5 ta muhim tashabbus doirasida mahallalar yoshlari o‘rtasida sportning futbol, mini futbol va imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o‘tkazildi. Kuni kecha Nukus shahridagi Yoshlar markazida ushbu sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sport musobaqalarida Nukus shahri va tumanlar mahallalaridan jami 10 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Marosimda musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yig‘ilganlar e’tiboriga konsert dasturi  namoyish etildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat), O‘zA