Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida hamyurtimiz Sharifa Davronova muvaffaqiyatga erishdi.

Chempionatning uch hatlab sakrash bahslarida Sharifa Davronova 14.02 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Umidli atletikachimizdan tashqari fransiyalik Soxane Aukanos 13.38 natija bilan kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, avstraliyalik Tiana Boras 13.30 metrga sakrab, Jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sh.Davronova hozirda 15 yoshda bo‘lib, uning ushbu natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi. Umid qilamizki, sportchimizni oldinda bundanda yorqin g‘alabalar kutmoqda.

O‘zA