2022 yil 8 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

To‘plangan ballar haqida bilish uchun universitet binosiga kelib, devorga natijalarning ilinishini kutish shart emas.

Test sinovlarida ishtirok yetgan abituriyentlar o‘z natijalarini turli usulda bilishlari mumkin.

Birinchisi, http://my.dtm.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

Ikkinchisi, http://mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Uchinchisi, Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

@e_dtm_mandat4bot

 

O‘zA