Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Xalq ta’limi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Ustozlar Milliy forumi”ni tashkil etish rejalashtirilgan.

2022-2023-o‘quv yili oldidan o‘tkazilayotgan xalqaro forum davomida pedagoglar, fan mutaxassislari, ta’lim muassasalari rahbarlari ta’lim tizimiga joriy qilinayotgan yangiliklardan boxabar bo‘ladilar.

Ikki kunlik tadbir mobaynida sohaning yetakchi vakillari yangi ta’lim mazmuni va metodikasi, maktab boshqaruvining zamonaviy usullari, ilg‘or ta’lim tizimlaridan Buyuk Britaniya, Singapur, AQSH kabi davlatlarning tajribalarini yaqindan o‘rganadilar.

Forumda Singapurning Matematika qiroli sanalgan taniqli professor, doktor Choy Ban Heng ham ishtirok etadi.

N.Usmonova, O‘zA